Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Ostonada davlat taşrifi bilan bölgan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev özaro muzokaralardan keyin şahardagi diqqatga sazovor joylarni borib körişdi.
Avvaliga davlat rahbarlari «Ostona opera» Davlat opera va balet teatriga taşrif buyurişdi va «Qiz Jibek» operasini tomoşa qilişdi.
Şuningdek, Özbekiston prezidenti Nursulton Nazarboyev hamrohligida «Nazarboyev universiteti» va MEGA Silk Way savdo markazini borib kördi.
Şavkat Mirziyoyev universitetning Faxriy mehmonlar kitobida dastxatini qoldirdi.
Şundan söng siyosatçilar MEGA Silk Way savdo markaziga yöl olişdi, Nazarboyev va Mirziyoyev markazning savdo-körgazma zalini közdan keçirişgan. Prezidentlarga özbek va qozoq xalqlarining aşula va raqslari, milliy hunarmandçilik mahsulotlari namoyiş etilgan.
Nihoyat prezidentlar «EKSPO – 2017» xalqaro körgazma maydonining «Nur olam» paviloniga taşrif buyurişdi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğistonga 22 mart kuni davlat taşrifi bilan borgandi. Muzokaralar yakunida Nazarboyev va Mirziyoyev bir qator hujjatlarni imzolaşdi.












