Amerikalik mashhur aktyor aviafalokatga sababchi bo‘lishiga bir baxya qolgani tasdiqlandi
2017 yil fevralda amerikalik mashhur aktyor Xarrison Ford yana aviafalokatga tushishiga bir bahya qolgani tasdiqlandi. Biroq bu haqda endigina ma'lum qilindi.
Dovyurak va sarguzasht izlashni yaxshi ko‘ruvchi qahramonlar rolini ijro etgan aktyor o‘zining bir motorli Aviat Husky samolyotida yo‘lovchi samolyoti yonidan xavfli yaqin masofadan uchib o‘tgan. Voqea 13 fevralda Kaliforniya shtatidagi Jon Ueyn nomidagi aeroport ustida yuz bergan.
Ford dispetcherdan 20l polosasiga qo‘nish haqida ko‘rsatma olgan, biroq u xato tufayli rullash yo‘lagiga qo‘ngan. Aktyor qo‘nish vaqtida American Airlines aviakompaniyasining bortida 110 yo‘lovchi bo‘lgan Boeing 737 samolyoti ustidan uchib o‘tgan. Baxtli tasodif hech qanday noxushlik sodir bo‘lmagan. Yo‘lovchi samolyoti voqeadan bir necha daqiqa keyin havoga ko‘tarilgan.
Voqeaning audioyozuvida Ford xato qilgani uchun o‘zini koyiyotganini eshitish mumkin: "Men rullash yo‘lagiga qo‘ngan ahmoqman", deb o‘zini koyigan aktyor. Aktyor dispetcherga boshqa samolyotga chalg‘iganini hamda turbulentlik tufayli muvaffaqiyatsiz qo‘nganini aytgan. Dispetcher esa voqea jiddiy bo‘lmaganini aytib, aktyorga tasalli berishga harakat qilgan. Biroq aktyor bunga "Bu men uchun jiddiy", deb javob bergan.
Auidoyozuvda dispetcher shaxsan Ford bilan gaplashayotganidan hayratda ekanini eshitish mumkin.
Ushbu holat yuzasidan tergov boshlangan va hali yakuniga yetmagan. Uning natijasiga ko‘ra, aktyor uchuvchilik litsenziyasidan mahrum etilishi mumkin.
73 yoshli Fordning yengil motorli samolyotlarga qiziqishi uni bir necha marotaba xavfli vaziyatlarga qo‘ygan. 2015 yil mart oyida aktyor boshqargan Ryan PT-22 Recruit samolyotining dvigateli o‘chib qolganda, u samolyotni aholi yashaydigan hududga qulamasligi uchun golf-maydonga qattiq qo‘ndirgan. Oqibatda aktyor ko‘plab jarohatlar olgan, biroq ko‘plab odamlar hayotini saqlab qolgan.
Mavzuga oid
09:12 / 09.10.2023
Avstriyada aviafalokat oqibatida ikki o‘zbekistonlik jarohat oldi
02:28 / 10.09.2019
Meteor qulashi aviafalokat deb qabul qilindi
13:49 / 15.11.2018
Indoneziyadagi aviahalokat qurbonining qallig‘i uning “oxirgi istagi”ni bajo keltirdi
15:10 / 29.01.2018