Italiya terma jamoasi darvozaboni Djanluidji Buffon Jahon çempionati-2018 saralaş bosqiçining Albaniyaga qarşi öyinida asosiy tarkibda maydonga tuşdi.
39 yoşli öyinçi uçun bu matç professional futbolçilik faoliyatidagi minginçisi böladi. Buffon 612 öyinda «Yuventus» libosini 220tasida «Parma» şa'nini himoya qilgan. «Skuadra adzurra» uçun u 168 marta maydonga tuşdi.


Buffon, şuningdek, Yevropa terma jamoalari öyinçilari orasida eng köp öyin ötkazgan futbolçi hisoblanadi. U Iker Kasilyas (167) va latviyalik Vitaliy Astafevni (167) ortda qoldirdi.
Bu boradagi jahon rekordi misrlik Ahmad Hassanga tegişli bölib, u öz terma jamoasi uçun 184 marta maydonga tuşgan.











