Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning "2017-2019 yillarda Buxoro viloyati va Buxoro şahrining turizm salohiyatini tezkorlik bilan rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qaroriga muvofiq mazkur hududda erkin sayyohlik zonasi (ESZ)ni yaratiş közda tutilmoqda. Bu haqida Norma.uz saytida xabar berildi. 

"Boqiy Buxoro" erkin sayyohlik zonasida turli xizmat toifali mehmonxonalar, köngiloçar va savdo inşootlari, şu jumladan 500 öringa möljallangan amfiteatr, bouling-klublar, diskoteka, karaoke-barlar, kafe va restoranlar qurilişi rejalaştirilmoqda. Uşbu inşootlar bu qadimiy zaminga taşrif buyurgan xorijiy sayyohlarga kunu tun xizmat körsatadi. Mehmonlar bu yerda milliy va dunyo taomlarini tatib körişlari, dökonlardan suvenirlar va boşqa mahsulotlarni xarid qilişlari, köngiloçar maskanlarda dam olişlari mumkin böladi. 
 
Loyihada "Boqiy Buxoro" ESZ iştirokçilari Prezidentning 2016 yil 26 oktabrdagi 4853-sonli PQda közda tutilgan barça imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanişi qayd etilgan.
 
Şuningdek Buxoroning tarixiy qismida ("Şahriston" bozori hududida) hunarmandlar dahasi va yopiq bozor bunyod etiladi. Bu maskan 2 qavatli uylar, an'anaviy hunarmandçilik ustaxonalari, milliy suvenir mahsulotlari,  zardözlik buyumlari, kitoblar, meva va sabzavotlar, şirinliklar va sayyohlar orasida talabgor boşqa tovarlar sotiladigan dökonlardan iborat böladi.
 
Yuqorida qayd etilgan loyihalarni amalga oşiriş işlari taxminan joriy yilning 1 iyulidan boşlanadi va 2018 yilning mart oyidan loyihaning birinçi bosqiçi işga tuşişi ta'minlanadi.