Amerikalik hujumçi Lendon Donovan Yahoo Sports bilan suhbatida futbolçilik faoliyatini yakunlayotgani haqida ma'lum qildi. 

Eslatib ötamiz, futbolçi 2014 yilda faoliyatini yakunlagan, ammo 2016 yil sentabrida yana tiklagan va «Los-Anjyeles Gelaksi» şarafini himoya qilgandi. 

35 yoşli Donovan doimiy çempionatning 6 öyinida maydonga tuşib, 1ta gol urdi. Pley-off bosqiçida uçta uçraşuv ötkazdi. 

Yanvar oyida Donovan «Real Solt-Leyk» jamoasi bilan muzokaralar ötkazdi, biroq, keyinçalik bundan ham boş tortdi hamda butsilarini mixga ilganini tasdiqladi. 

Donovan MLS (145 gol) va AQŞ (57 gol) tarixidagi eng sermahsul hujumçi hisoblanadi.