Shavkat Mirziyoyev Toshkent motor zavodiga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi Toshkent motor zavodiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bektemir tumanidagi Toshkent motor zavodining umumiy yer maydoni 5 gektar, bino va inshootlar maydoni 3 gektar. Hozir foydalanilmayotgan ushbu hududda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun yaxshi imkoniyat, zarur infratuzilma bor.
Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq zavod binolari korxona va tadbirkorlarga imtiyozli tarzda ijaraga berilmoqda. To‘lovlar boshqa joylardagiga nisbatan bir necha barobar arzonlashtirilgan. Bunday imtiyozlar tadbirkorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Davlat rahbari zavod binolarini ishbilarmon va tadbirkorlarga bo‘lib berish, ularda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta'kidladi. Korxonalarga qulaylik yaratish maqsadida bu yerda "yagona darcha" markazi, minibanklar va boshqa xizmatlar tashkil etiladi. Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashadi.
Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.
O‘zbekiston Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan har bir tumanda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ular asosida kam ta'minlangan oilalarni tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqilgan.
Oilalarga kirib borish, odamlarning dunyoqarashini o‘zgartirish lozim. Odamlarning daromadi ko‘paysa, to‘lov qobiliyati ham yuqori bo‘ladi, mahalliy byudjyetlarga pul mablag‘i ko‘proq tushadi. Hokimliklarda turli ijtimoiy obektlar qurish imkoniyati kengayadi, yurtimizga yanada ko‘proq baraka kiradi, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu yerning o‘zida Toshkent shahrida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalari va istirohat bog‘lari, tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan dori-darmonlar, qandolatchilik mahsulotlari, qurilish materiallari va mebel ishlab chiqarish, metallni qayta ishlash, tibbiyot va ko‘ngilochar maskanlar tashkil etish loyihalari ham namoyish etildi.
“Davlatimiz rahbari ushbu loyihalar bilan tanishib, ularning har biri haqida mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi”, - deyiladi xabar yakunida.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52
-
Britaniyalik amaldorlar bir yil ichida 2 mingdan ortiq mobil qurilmani yo‘qotib qo‘ydi - The Guardian
Jahon | 18:14
-
Fordodagi uran AQSh hujumidan oldin boshqa joyga ko‘chirilgan – OAV
Jahon | 17:38
-
Qozog‘istonda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
Jahon | 17:11
Mavzuga oid

11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti

21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi

09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi

19:48 / 29.04.2024