AQŞning Texas ştatilik talaba qiz Amber Van Xeke Arizona ştatidagi sahroda navigator unga aslida yöq bölgan yölni körsatganidan söng adaşib qoldi. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.

Qiz Katta kanonni tomoşa qiliş uçun safarga çiqqan, sayohatning ikkinçi kuni navigator unga aslida yöq bölgan yöl böylab harakatlanişni taklif qilgan.

Tez orada qizning maşinasida benzin tugagan. Amber mobil aloqa işlamagani tufayli qönğiroq ham qila olmadi. Talaba qiz keyingi bir neça kunni Katta kanondan uzoq bölmagan sahroda ötkazdi hamda yonğoqlar, uruğlar va quruq mevalar bilan oziqlangan. U issiq ob-havo paytida avtomobil asboblar panelida tez tayyorlanadigan lağmonni ham pişirgan. Qiz faqatgina beşinçi kuni qutqaruv xizmatiga qönğiroq qilib tuşgan.

Şundan söng qutqaruvçilar vertolyoti uçib kelib, qizni kasalxonaga olib ketdi. Unda kuyiş jarohatlari va suvsizlaniş aniqlandi. 

"Men bu sahroda ölaman deya öylay boşlagandim", - deya aytib ötdi talaba qiz.