Tesla kompaniyasi asosçisi Elon Mask işlab çiqariş uçun tayyor bölgan yangi Tesla Model 3 modelidagi safarining qisqa videosi bilan bölişdi. Rolikda modelning ilk yiğilgan nusxalaridan biri namoyiş qilingan.
Mask bu modeldagi avtomobillar turli komplektatsiyada 2018 yildan keyin sotuvga çiqarilişini ma'lum qilgan. 6 soniyali rolikda avval paydo bölgan prototiplardan farqlanuvçi heç bir jihat namoyiş qilinmagan.
Maşina uçun buyurtmalar 2017 yil apreldan boşlab olinadi. Model iyuldan boşlab işlab çiqarila boşlanadi. Maskning aytişiça, elektrokarni xarid qilmoqçi bölganlar uni 6 oydan 9 oygaça kutişlariga töğri keladi.
Tesla 2018 yilda Model 3’ni ikki xil versiyada: AWD va Performance-konfiguratsiyalarda işlab çiqarmoqçi. Asosiy model narxi soliq imtiyozlari çegirib taşlangunça 35 ming dollarni taşkil qiladi. Elektrokar bir quvvatlanişda 346 km masofani bosib öta oladi. 2018 yilda Buyuk Britaniya uçun modelning öng rulli versiyasi çiqariladi.
















