Business Insider Tesla aksiyalarining keskin ösayotganligi haqida.

Aprel oyi boşlarida Tesla’ning bozor kapitalizatsiyasi General Motors kapitalizatsiyasidan ham oşib ketdi va 51 mlrd. dollarga yetdi. Bu 2016 yilning katta qismi mobaynida Tesla baholanib turgan narxdan 15 milliard dollarga, Ford bahosidan esa 7 milliard dollarga köproq.

Buning asosida aytarli heç vaqo yöq, deb yozadi Business Insider. Çunki Tesla’ning biznes asosi ötgan yilning oxiridan buyon özgarmagan. Şu yilning birinçi çoragida yetkazib berilgan maşinalar soni butun 2017 yil uçun tus bergan, bu esa 12 oy içida kompaniya 100 ming avtomobil işlab çiqaradi, degani — ötgan 2016 yildagiga nisbatan bor-yöği 20 mingtaga köproq.

Yaqinda röy bergan narxdagi sakraşlarga sabab qilib, «şortistlar»ni (narxni tuşiruvçi öyinçilar) körsatiş mumkin, ularning asabi doş bermay, sotib yuborgan aksiyalarini yana qaytadan sotib ola boşlaşgan, deb yozadi jurnalistlar.

Business Insider: «Bu mantiqli tuşuntiriş, çunki Tesla aksiyalarini Wall Street’da doim «şort» qilişadi va sönggi paytda narxni yerga uruvçi öyinçilar jiddiy talofat körişgan. S3 Partners tahlil firmasi ma'lumotlariga köra, joriy yilda Tesla «şort»larida 3,2 milliard dollar yöqotilgan.

Biroq Tesla’ning qiymati uning asosiy biznesi — qimmatbaho elektromobillar yaratiş va sotiş hisobiga haddan ziyod yuqori baholangani va kompaniya aktivlari bor-yöği bir neça milliard dollardan iboratligi hisobga olinsa, sarmoyadorlar uçun Tesla kelajagini baholaşni qayta körib çiqiş mantiqli yöl bölar edi». 

Ayni paytda, aksiyalar keskin oşayotgan onda kompaniyaning birinçi çorakdagi daromadlari kompaniya qiymatini yanada ratsional baholaş imkoniyati sifatida körinmoqda. Bundan taşqari, bu hol yangi sarmoyadorlarni şunday ahvolga solib qöyadiki, bunda ularning aksiyalari uluşi xira tortib qoladi.

Lekin, nima bölganda ham aksiyalar ösişining umumiy dinamikasi ijobiy, kompaniya aksiyalari narxi har doim özgaruvçan bölgan, deyişadi ekspertlar. Elon Maskning özi esa kompaniya aksiyalarini «şort» qiluvçilar ustidan mudom kulib yuradi.