Şu kunlarda internetda Rossiya köçalarida yurgan özgaça «Jiguli»ning videosi tarqalgandi. Köpçilikka yaxşi taniş bölgan «06» rusumidagi bu «Innovatsion «Jiguli» teskari tomonga yurişi bilan barçaning hayratiga sabab böldi.

Rossiyaning Stavropol şahri köçalarida közga taşlangan bu maşinaning noodatiy harakatini quyidagi videoda özingiz ham körişingiz mumkin:

Körib turganingizdek u bir qaraşda teskari yönalişda harakatlanmoqda, lekin maşinani orqaga qarab bunçalik aniq boşqariş imkonsiz. Yaxşilab qaralganda esa aslida haydovçi maşinani töğriga qarab haydab ketayotgani ma'lum böladi. 18 yoşli «ixtiroçi» maşinasining old va orqa tomonlarini özgartirib qöygan xolos. Bu video tezda maşhur böldi.

Rossiyaning NTV telekanali özining tvitterdagi sahifasida uşbu videoni joylab: «Bunaqasiga nima deysiz, janob Ilon Mask», deb yozdi va «Tesla» asosçisi Maskning akkauntini ilova (menşn) qildi. 11 fevral kuni joylangan bu xabarga Ilon 13 fevral kuni kutilmaganda rusça javob berdi: «Xa-xa, hayratlanarli». Ta'kidlaş kerak internetda muhandislik bilan boğliq yangiliklar yoki suratlarga «Bunga nima deysiz, Ilon Mask» deb yoziş urfga kirgan.

Bir yildan kamroq haydovçilik tajribasiga ega bölgan stavropollik «ixtiroçi»ning kaşfiyoti kimsan Ilon Maskning e'tiborini tortgan ekan, tez orada uni Rossiya telekanallaridagi şoulardan birortasiga taklif qilişsa ajab emas.

Lekin ayni paytda «Jiguli» egasiga uçta ma'muriy protokol tuzilgan,  avtomobilning registratsiyasi bekor qilingan.