Donald Tramp Oq uyda Gretsiya milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan taşkil etilgan tadbirda çiqiş qilar ekan “Men greklarni yaxşi köraman” deya aytib ötdi. Bu haqda Gretsiya OAV xabar berdi, ular Tramp çiqişi tasvirlangan videoyozuvni taqdim etişgan.

"Men greklarni yaxşi köraman, juda ham yaxşi köraman. Men Nyu-Yorkdan ekanligim esingizdan çiqmasin. U yerda juda köplab greklarni uçratiş mumkin. Ular deyarli hamma joyda!" – dedi Tramp.

Tramp asli kelib çiqişi gretsiyalik bölgan Oq uy apparati rahbari Rayns Pribusni alohida ta'kidlab ötgan hamda u mamlakatdagi “eng ajoyib greklardan biri” ekanini ma'lum qilgan. Prezident asli kelib çiqişi gretsiyalik bölgan boşqa xodimlarni ham maqtab ötdi.

"Gretsiya Mustaqillik kunida gretsiyalik fuqarolar erkinliklari qaror topganini bayram qilişmoqda", - dedi Tramp.

Uning ta'kidlaşiça, Oq uyda Gretsiya mustaqillik kuni 30 yildan beri nişonlanib kelinadi, bu an'anaga Ronald Reygan asos solgan. Oq uydagi bayram tadbirida grek musiqasi va milliy raqslari ijro etildi.

Tadbir 24 mart kuni keçqurun ötkazildi. AQŞda Gretsiyadan Mustaqillik kunida vakil sifatida milliy mudofaa vaziri Panos Kammenos qatnaşdi, u Qöşma Ştatlar mudofaa vaziri Jyeyms Mettis bilan muzokaralar ham ötkazdi.