Venesuela hukumati BMTdan mamlakatda kuzatilayotgan dori-darmon tanqisligida yordam körsatişni söramoqda. Bu haqda respublika prezidenti Nikolas Maduro juma kuni BMTning Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlari uçun rivojlaniş Dasturi mintaqaviy byurosi direktori Jyessika Fayyeta bilan uçraşuvdan söng xabar berdi.

"Men BMTdan yordam söradim. Bu xalqimizga iqtisodiy uruş va neft narxining keskin tuşişi sabab keltirilgan iqtisodiy va ijtimoiy jarohatlarni davolaşda kömak beradi", - deya Maduroning sözlarini keltiradi Univision telekanali. Davlat rahbari sözlariga köra, xalqaro taşkilot “farmatsevtika sanoati işlab çiqariş quvvatlarini tiklaş böyiça dunyodagi eng töliq rejaga” ega. Murojaat haqida batafsil ma'lumot keltirilmagan.

2016 yilning aprelida Venesuela tibbiyot federatsiyasi rahbari Duglas Leon Natera mamlakat kasalxonalarida kerakli bölgan dori-darmonlarning atigi 4-5 foizi qolgani, hamda şifokorlar oğir kasallikdan aziyat çekuvçilarga yordam beriş imkonidan mahrum bölişayotgani haqida xabar bergandi.

Ötgan yilning may oyi oxirida esa Venesuela ruhim kasalliklar şifokorlari jamiyati rahbari Vadalberto Rodriges ruhiy xastaliklarni davolaş uçun dorilar yetişmayotgani haqida ma'lum qildi. Keyinçalik hukumat dori-darmon tanqisligi haqidagi bayonotni rad etdi, biroq mamlakatda ularni taqsimlaş bilan boğliq muammolar bor ekanini tan oldi.