2018 yili Rossiyada bölib ötadigan futbol böyiça jahon çempionatiga saralaş bosqiçi uçraşuvlari davom etmoqda.

24 mart kuni Yevropa mintaqasida 3ta guruhda 5-tur uçraşuvlari bölib ötdi. D guruhida Serbiya terma jamoasi Gruziya mehmoni böldi va irodali ğalaba evaziga oçkolari sonini 13taga yetkazib, peşqadamga aylanib oldi. Guruhning markaziy uçraşuvda esa Irlandiya va Uels durangga imzo çekişdi. Şuningdek bu turda Avstriya terma jamoasi ham ğalaba naşidasini surdi.

JÇ-2018. Yevropa. D guruhi.
5-tur

Irlandiya – Uels – 0:0

Avstriya – Moldova – 2:0 (0:0)
Gollar: Zabittser (75), Xarnik (90).

Gruziya – Serbiya 1:3 (1:1)
Gollar: Kaçarava (5) – Tadiç (45, penalti), Mitroviç (64), Gaçinoviç (86)

Guruhdagi vaziyat quyidagiça körinişda:
1. Serbiya — 11 oçko;

2. Irlandiya — 11;

3. Uels — 7;

4. Avstriya — 7;

5. Gruziya — 2;

6. Moldova — 1.

G guruhida favoritlar bildirilgan işonçni oqladi. Ispaniya öz uyida Isroil terma jamoasini qabul qilib, yirik hisobda ğalaba qozongan bölsa, Italiya Buffonning 1000-öyinida Albaniya darvozasiga javobsiz ikkita gol yölladi.

Turnir jadvalida Italiya va Ispaniya bir xil oçko töplagan holda qöş peşqadamlik qilişmoqda. Guruh ğolibi ikkala jamoaning özaro öyinida aniqlanişi tobora oydinlaşib bormoqda.

G guruhi.

Ispaniya – Isroil – 4:1 (2:0)
Gollar: Silva (13), Vitolo (45+1), Kosta (51), Isko (88) – Rafaelov (76).