Reklama roliklari va jurnallarda ortiqça vaznga ega bölmagan xuşbiçim erkaklar suratlari qöyiladi. Ular soğlom va körkam hisoblanadi. Biroq bu asosan plakat va suratlarda şunday. Köçada esa biz ortiqça vaznli va hatto semizlikdan nafasi siqadigan erkaklarni uçratamiz. Vazn yiğilişining köp ovqatlaniş kabi oddiy sababi bilan birga biz bilmagan yaşirin sabablari ham talaygina. Xuşbiçim bölişni istaysizmi - faol hayot tarziga rioya qiling.
Gormonlar jangi

Erkaklarda gormonal fonning buzilişi vaznning nazoratdan çiqişiga olib kelar ekan. Bu nima degani? Erkak kişi soğlom hayot tarzini olib borib, 2-3 marta sport zaliga qatnagan taqdirda ham, vazn töplaşi mumkin. "Gormonal vazn" - bu ortiqça 3-5 kilogramm. Bu muammoni endokrinolog yoki malakali psixolog hal qiladi.
Real hayotdagi bulimiya

Töğrisini aytganda, erkaklar ham parhez qilişadi hamda bulimiya va hatto anoreksiyadan aziyat çekişadi. Bu vazn töplaşning yana bir jiddiy sababidir. Erkaklar ularda bulimiya bölişi mumkin emas deb öylab adaşişadi, keyin esa uni enterolog va diyetologlar tavsiyasi asosida davolaşadi.
Notöğri ovqatlaniş dasturi

Muntazam ravişda zalda şuğullanuvçi kişilar maxsus işlab çiqilgan dastur asosida oziqlanişadi va şu yöl bilan vazn töplaşadi. Tegişli bilimga ega bölmagan zal murabbiyi tomonidan işlab çiqilgan oziqlaniş dasturi organizm uçun sekin ta'sir qiluvçi bomba kabidir. Katta jismoniy harakatlar amalga oşirilgan taqdirda ham insonning vazn töplaşi - organizmda nimadir notöğri ketayotganiga işora qiluvçi birinçi belgi.
Gipodinamiya

Erkaklar 30 yoşdan keyin ikki karra köp harakatlanişi kerak, çunki moddalar almaşinuvi sekinlaşadi, yoğ qatlamlarining şakllaniş jarayoni esa tezlaşadi. Bu yoşda faqat juda faol hayot tarzini olib boruvçi kişilargina xuşbiçimlikni saqlab qolişadi. "Men haftada 3 marta zalga çiqaman" varianti bu yoşda ketmaydi, organizm bu ritmga örgangan va unga ortiqça kuç sarflamaydi - organizmni 25-28 yoşdagidan köproq energiya sarflaşga majbur qiliş kerak.












