Kun.uz sayti beş yildan buyon Özbekistonda faoliyat yurituvçi ommaviy axborot vositasi sifatida öz auditoriyasiga egadir. Uşbu vaqt mobaynida zamon talablaridan kelib çiqqan holda turli ijtimoiy tarmoqlarda öz sahifasiga ega bölib bordi. Bugunga kelib, saytning “Odnoklassniki”, Telegram, Facebook, Twitter, Instagram va YouTube tarmoqlarida öz sahifasi bor.
Şuni alohida ta'kidlab ötiş kerakki, Facebook ijtimoiy tarmoğidagi obunaçilar soni ayni kunda yuz mingdan oşdi.
Bundan taşqari,“Odnoklassniki” da 165 ming, Telegram’da 135 ming, Twitter’da 17 ming, Instagram’da 365 ming va YouTube’da 11 ming kişi bizni kuzatmoqda.
Saytning ijtimoiy tarmoqlardagi obunaçilarining umumiy hisobi 800 mingdan oşdi. Bu körsatkiç Özbekistonda faoliyat yurituvçi OAVlar içida eng yuqori natija hisoblanadi. Buning uçun aziz öquvçilarimizga minnatdorçilik bildiramiz. Bizdan uzoqlaşmang hamda biz sizga tezkor, aniq va xolis axborotlar taqdim etişda davom etamiz.











