Internet tarmoğida AQŞ prezidenti Donald Trampning tarafdorlari va raqiblari örtasidagi muştlaşuv aks etgan video paydo böldi. Bu haqda Los Angeles Times naşri yozmoqda.
Hodisa Kaliforniya ştatining Hantington-Biç şahrida röy bergan. Muştlaşuvga qora niqobli kişining qalampirli balonçadan Trampni qöllab-quvvatlaş böyiça aksiya taşkilotçisi yuziga sepgani sabab bölgan.
Töqnaşuv oqibatida ikki kişi jabrlangan. Jahl otiga mingan odamlar tödasini politsiya tarqata olgan. Ular 6 kişini hibsga olgan. Ularning barçasi prezidentga qarşilar guruhidan bölgan.
Ta'kidlanişiça, bu Tramp tarafdorlari va raqiblarining ilk töqnaşuvi emas. Şunga öxşaş hodisalar uning inauguratsiyasidan beri davom etib keladi.











