AQŞ Bağdoddagi qömondonligi iltimosi bilan Yaqin Şarqqa xavfsizlikni kuçaytiriş maqsadida 300 desantçi yubormoqda. Bu haqda Pentagondagi manbaga iqtibos keltirgan holda Fox News telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga köra, 82-havo-desant diviziyasining qöşimça rotalari Iroqqa yoki Suriyaga yuboriladi, biroq ular qayerga joylaştirilişi haqida hozirça aniq ma'lumot yöq. Uşbu masala böyiça qaror IŞIDga qarşi kuraşayotgan xalqaro koalitsiya qömondoni Stiven Taunsend tomondan qabul qilinadi.
Pentagon 27 mart kuni uşbu masala yuzasidan qöşimça ma'lumot bermoqçi. Avvalroq AQŞ Suriyaga 400 ga yaqin harbiy jönatgandi.












