1961 yili YuNeSKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Avstriyaning Vena şahrida bölib ötgan IX kongressida 27 mart – Xalqaro teatr kuni deya e'lon qilingan. Hozirgi kunda jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarida 27 mart teatr san'ati xodimlarining kasb bayrami sifatida keng nişonlanib kelinmoqda. 

Bugun Andijon şahrida uşbu sanaga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Kasb bayramiga viloyatda faoliyat yuritayotgan – viloyat akademik drama teatri, yoşlar teatri hamda viloyat qöğirçoq teatri xodimlari taklif qilindilar.

Viloyat hokimining örinbosari Serobiddin Ismoilov san'at vakillarini tabriklab, sohada uzoq yillar mehnat qilgan bir guruh ustoz san'atkor va iqtidorli yoşlarga viloyat hokimining taşakkurnoma va esdalik sovğalarini topşirdi.

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon