Berlindagi Bode muzeyidan noyob eksponat - 1 million dollar nominalli va 100 kilogramm oğirlikdagi oltin tanga öğirlab ketildi. Bu haqida TASS agentligida xabar berildi.
Germaniya poytaxti politsiyasi xabar berişiça, duşanbaga ötar keçasi yovuz niyatli kimsalar zina tomondan muzey binosiga kirişgan.
Ekspertlar ma'lumotlariga köra, noyob, lekin u qadar qulay bölmagan tölov vositasi nominaldan ança baland. 2007 yilda Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II şarafiga tayyorlangan oltin tanga haqida bormoqda. Öğirlangan "quyma" diametri - 53 sm, qalinligi esa 3 sm edi. Eksponatning taxminiy narxi 4 million yevroni taşkil qiladi.
Huquq-tartibot organlari öğrilarning muzeydagi muhofaza tizimini qanday çetlab ötişgani haqida hozirça ma'lum qilişmagan.











