Fransiya prezidenti Fransua Olland Fransiya Gvianasi uçun asosiy ustuvor vazifa himoyalanmaganlik bilan kuraş hisoblanişini ma'lum qildi, deb yozmoqda Figaro gazetasi.

"Ustuvor vazifa – bu himoyalanmaganlik bilan kuraş", - deya davlat rahbari sözlarini keltiradi gazeta. "Favqulodda muhim masala – bu Gvianadagi xavfsizlik, sababi zöravonlik juda köpayib ketgan", - deya ta'kidlab ötdi Olland.

Fransiyaning mamlakat hududidan taşqaridagi eng yirik departamentida ön kundan beri mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy talablar tufayli kelib çiqqan norozilik namoyişlari bölib ötmoqda. Departamentining asosiy kasaba uyuşmasi “Gvineya mehnatkaşlari ittifoqi” duşanba kuni iş taşlaş ötkazmoqçi. Uning maqsadi keng kölamli sarmoyaviy dastur qabul qilinişi, şuningdek tibbiy yordamni yaxşilaş va ta'lim hamda ijtimoiy himoya sifatini oşirişga erişiş.

Fransiya boş vaziri Bernar Kaznevning ma'lum qilişiça, yaqin vaqtda Fransiya Gvianasi bilan bölajak özaro aloqalar haqida kelişuv imzolaşni rejalaştirgan. Avvalroq, departamentda payşanba kunidan boşlab qator maktab, universitetlar, savdo porti hamda bir neça ma'muriy binolar yopib qöyilgani xabar qilingandi. Şu bilan birga, RTL radiostansiyasi ma'lumotiga köra, Gvianaga şanba kuni vazirliklararo delegatsiya jönab ketgan, u yuz bergan vaziyatdan çiqiş yöllarini izlaş bilan şuğullanadi.