"Milliy front" ultraöng partiyasidan Fransiya prezidentligiga nomzod Marin Le Pen Lill şahrida ötkazilgan mitingda Yevropa ittifoqining tez orada barbod bölişidan söz oçdi, deb xabar beradi Reuters. 

"Yevroittifoq öladi, çunki insonlarga uning ortiq keragi yöq. Mutakabbir gegemoniyalar Yer yuzidan öçib ketişga mahkum", — dedi u. U, şuningdek, Fransiyada ötajak prezidentlik saylovlari "xalqning umumbaşariy isyoni"dagi keyingi qadam bölişi ham ta'kidlab ötdi. 

Ilgariroq berilgan xabarlarga köra, Le Pen Moskvaga taşrifi çoğida Rossiya va Fransiya terrorizmga qarşi kuraş sohasida razvedka ma'lumotlarini almaşiş lozimligini aytib ötgan edi. Uning sözlariga köra, Moskva va Parij doimiy xatar hisoblanuvçi terrorizmga qarşi real kuraş olib borayotgan kuçlar sirasiga kiradi. «Afsuski, bu ommaviy xurujlargina emas, yakkam-dukkam hujumlar hamdir. Barçangiz bir neça kun muqaddam Buyuk Britaniyada yuz bergan xodisalardan xabardorsiz. Öylaymanki, davlatlarimiz örtasida razvedka ma'lumotlarini almaşiş ham foydadan xoli bölmas edi», — dedi Le Pen.