Xitoy hukumati Braziliyadan göşt mahsuloti importiga qöyilgan çeklovni olib taşladi. Bu haqda XXR TIV rasmiy vakili Xua Çunin duşanba kuni ma'lum qildi.

"Xitoy profilaktik xarakterga ega bölgan tegişli vaqtinçalik çeklovlarni olib taşladi hamda çegaradagi har kunlik sanitariya nazorati rejimini tikladi. Braziliya Pekinni sifatsiz göşt mahsuloti işlab çiqaruvçilari hamda yetkazib beruvçilariga nisbatan tegişli çoralar körilganini xabardor qildi", - deya ta'kidlab ötdi u.

Braziliya federal politsiyasi 17 mart kuni muddati ötgan oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan şuğullangan yirik jinoiy guruhning 30dan ortiq iştirokçisini hibsga oldi. Huquq-tartibot idoralarining xabar berişiça, maxsus amaliyotda taxminan 1,1 ming xodim iştirok etgan. Ikki yil davomida ötkazilgan suriştiruv obektiga esa nafaqat içki bozorda, balki mahsulotini xorijga eksport qiluvçi Braziliya kompaniyalari aylandi. 

Bir qator davlatlar esa göşt mojarosi fonida bu işga aloqador bölgan mahsulotlardan vaqtinçalik voz keçiş haqida qaror qabul qilişdi. Çili, Meksika, Vetnam, XXR Braziliya göşti importini vaqtinçalik taqiqlab qöygan bölsa, YeI, Yaponiya, Kanada va JAR göşt importiga qator çeklovlar qöydi.