NATO özining sun'iy yöldoş dasturlarini takomillaştiriş va kompyuter texnologiyalarini rivojlantiriş, şu jumladan kibernetika himoyasini yaxşilaşga 3 mlrd yevro miqdorida mablağ sarflaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
Ma'lumotlarga köra, 1,7 mlrd yevro qöşinlar, kemalar va dronlarni yaxşiroq qöllab-quvvatlaş maqsadida sun'iy yöldoş aloqa işlariga sarflanadi. Yana 800 mln yevro evaziga RQM (raketalarga qarşi mudofaa) va HHH (havo hujumidan himoya)ga mas'ul kompyuter tizimlari takomillaştiriladi. 71 mln yevro kibertahdidlarga qarşi yönaltiriladi.
NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg alyansning 2016 yilga doir hisobotida qayd etişiça, taşkilotga a'zo 27 davlatning AQŞdan taşqari mudofaa maqsadlariga sarflagan mablaği YaIMning 3,8 foizini taşkil etgan va 2015 yil bilan taqqoslaganda 1,47 foizga köproq bölgan. AQŞning 2016 yilda NATO uçun sarflagan mablaği 45,9 foizdan iborat bölgan. NATOning 28 mamlakati 2016 yilda jami 892 mlrd dollar yönaltirgan.












