Moskvada Ravon savdo belgisi dilerlarining anjumani bölib ötdi. U Özbekiston Respublikasi elçixonasi taqdim etgan binoda taşkil etilgan. Bu davlatning avtomobil sanoatini rivojlantiriş hamda mahsulotlarni Rossiyada sotişga qançalik e'tibor berayotganini isbotlaydi. Anjumanning Özbekistonda Navröz bayrami tantana qilingan kuni ötkazilişi ham öziga xos ramziy ma'noga ega. Unda Ravon rejalari va natijalari e'lon qilindi. Bu haqda «Kolyosa.ru» sayti yozmoqda.
Ravon boş direktori Şarof Aşurov 2016 yil yakunlarini ança ijobiy baholaşini ma'lum qilar ekan, Rossiyada 50ta dilerlik markazi oçilgani, 1 811 dona avtomobil sotişga erişilganini bildirdi.

Biroq, ötgan yilga doir ijobiy raqamlar 2017 yilgi rejalar oldida arzimasdek bölib qoldi. Xususan, dilerlik markazlari sonini 120tagaça yetkaziş va savdo hajmini 25 martaga oşiriş, ya'ni taxminan 50 ming donaga yetkaziş vazifasi qöyilmoqda.
Şarof Aşurovning «Kolyosa.ru» saytiga bergan intervyusida aytişiça, bozorni diqqat bilan örganiş va prognoz qiliş şunday deyişga asos böladi. Kompaniya ixçam Ravon R2 modeli «A» segmentining kamida 80 foizini egallaşiga umid qilmoqda. Barça modellarning korporativ savdodagi uluşi kamida 20 foizni taşkil etişi kutilmoqda. Hozirdanoq, «Yandeks. Taksi» va Papa Jones, «Yakitoriya», «Tanuki» va «Korçma» kabi tarmoq bizneslari bilan şartnomalar imzolangan.

Savdo ösişiga yöllarda texnik kömak berişga qaratilgan Ravon Assistance loyihasi ham ijobiy turtki berişi kerak. Bu dastur RBE(«Vse evakuatory Rossii» - Rossiyaning barça evakuatorlari) bilan hamkorlikda işlaydi. Ayni vaqtda, ERA-Glonass bilan integratsiyalaşuvi ustida iş olib borilmoqda.
Hozirda, Rossiyada Ravon R2 ixçam xetçbeki, Ravon Nexia R3, R4 va Gentra sedanlari sotilişi yölga qöyilgan.












