Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaliklar ichki pasportlari bilan Turkiyaga kirishlari mumkin bo‘ladi
Anqara va Moskva rossiyaliklarning Turkiya chegarasini kesib o‘tish tartibini muhokama qiladi. Unda rossiyalik sayyohlarga xorijiy pasportlarsiz Turkiyaga kirish uchun ruxsat berish masalasi ijobiy hal etilishi mumkin. Bu haqda Turkiya TIV rahbari Mavlut Chavusho‘g‘li Antaliyadagi rus jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlan ikki yil muqaddam, ya'ni samolyot urib tushirilishidan avval, bu masalada sezilarli olg‘a siljishga erishgan.
"Ikki tomonlama munosabatlar yaxshilangan ekan, bu muhokamalarni yakunlashimiz mumkin. Turkiya hukumati aeroportlarda fuqarolarning shaxsini aniqlovchi qurilmalarni o‘rnatmoqda. Biz bu borada muzokaralarni qayta boshlamoqchimiz", — deya vazir so‘zlarini keltiradi Anadolu agentligi
Chavusho‘g‘lining qayd etishicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar yaxshilashini davom etmoqda, prezidentlar o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilgan.
"Ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar mintaqaviy muammolar, xususan Suriyada sulh o‘rnatishga hissa qo‘shmoqda. Tomonlar, shuningdek, ushbu mamlakatdagi fuqarolarga insonparvarlik yuklarini yetkazib berish masalasi ustida ham ishlamoqda", — degan Turkiyaning bosh diplomati.
Mavzuga oid
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026