AQŞ prezidenti Donal Tramp ma'muriyati Meksika bilan çegaraning qariyb 100 kilometrlik qismini mustahkamlaş uçun byudjyetdan 1 milliard dollar ajratilişiga umid qilmoqda. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Telekanal jurnalistlari qöliga AQŞ milliy xavfsizlik vazirligi (MXV) hujjatlari kelib tuşgan. Ularda aytilişiça, körsatilgan mablağlar 77-kilometrdan iborat bölgan devorni qurişga sarflanişi hamda hozirda bor bölgan 22,5 km.lik devorni mustahkamlaşga möljallanmoqda. Ma'muriyat yangi devorni San-Diyego şahri (Kaliforniya ştati) yaqinida qurmoqçi. Gap keng kölamli loyihaning birinçi bosqiçi haqida bormoqda.
Ma'muriyat yana 2,6 mlrd dollarni 2018 yilda, çegara yaqinidagi infratuzilmani rivojlantiriş maqsadida olmoqçi. Hujjatlarga köra, AQŞ hukumati çegaraning boşqa qismlarini mustahkamlaş hamda qölga olingan noqonuniy muhojirlar saqlanadigan yangi markazlar qurilişiga millionlab dollar mablağni yönaltirmoqçi. Telekanal ma'lumotiga köra, devorning bir qator elementlari betonli böladi.
Tramp 25 yanvar kuni Meksika bilan çegada tösiq quriş haqidagi farmonga imzo çekdi hamda uni amalga oşiriş darhol boşlanişi haqida ma'lum qildi. Respublikaçi saylovoldi kampaniyasi vaqtida bunday devorni quriş haqida bir neça bora ma'lum qilgan, u AQŞga giyohvand moddalar va noqonuniy muhojirlar kirib kelişining oldini oladi.
Şu bilan birga, Tramp quriliş uçun Meksika hukumati pul tölaşi kerakligini bir neça bora ma'lum qilib ötgan. Uning sözlariga köra, tösiq balandligi taxminan 15 metrni taşkil etişi kerak, uning qiymati esa 10-12 mlrd dollarga baholangan. Meksika prezidenti Enrike Penya Neto esa garçi davlat Tramp ma'muriyati bilan yaxşi munosabatlardan umid qilsa-da, devor qurilişiga pul tölamasligini aytib ötgan.

















