27 mart kuni Eron prezidenti Hasan Ruhoniy samolyoti Moskvadagi "Vnukovo-2" aeroportiga kelib qöndi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi muxbiri.
Ruhoniy Moskvaga taşrifining birinçi kuni Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev bilan uçraşadi. Uçraşuvda ikki tomonlama, jumladan energetika sohasidagi hamkorlik rivojlanişining joriy holati va istiqbollari körib çiqiladi. Avvalroq ma'lum qilingandek, Medvedev Eron prezidenti bilan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va Tehron örtasida savdo tartibini şakllantirişni muhokama qiladi.
Ruhoniy va Rossiya prezidenti Vladimir Putin örtasidagi muzokaralar davomida birgalikdagi energetik loyihalarga e'tibor qaratiş rejalaştirilmoqda. Ular örtasidagi uçraşuv 28 martga belgilangan. Muzokaralar natijalariga köra bir qator hujjatlar imzolanadi. Muzokaralar davomida ikki davlat yetakçisi Rossiya-Eron hamkorligining barça masalalarini körib çiqişmoqçi.












