Kuba inqilobi tarixiy yetakçisi Fidel Kastroning singlisi Agustina Kastro Rus 78 yoşida Havanada hayotdan köz yumdi. Mayamida ispan tilida çop etiluvçi El Nuevo Herald gazetasida xabar berilişiça, u yakşanba kuni son sohasining sinişi böyiça amalga oşirilgan jarrohlik operatsiyasi asoratlaridan keyin vafot etgan. Bu haqida Agustinaning singlisi Xuanita Kastro ma'lum qilgan.
Manbaga köra, Agustina Kastro Rus sönggi yillarda Altsgeymer kasalligidan aziyat çekkan. U heç qaçon Kubaning siyosiy hayotiga aralaşmagan va heç qanday davlat lavozimlarini egallamagan. Fidel Kastroning singlisi maşhur pianinoçi Silvio Rodriges Kardenasga (2009 yilda hayotdan köz yumgan) turmuşga çiqqan. Juftlikning uç farzandi bor: qizi - Kubada, öğillari esa Floridada yaşaydi.
Marhumaning ölimi oldidagi istagiga köra, uning jasadi yoqib yuborilgan.
Bugungi kunda Fidel Kastro oilasidan uç kişi hayot: 85 yoşli ukasi, Kuba Davlat kengaşi va Vazirlar kengaşi raisi Raul Kastro, 82 yoşli Enma va 83 yoşli Xuanita. Fidel Kastro va uning akasi - ötgan yili, singlisi Anxela - 2012 yilda köz yumgan.












