Osiyo mintaqasidan JÇ–2018 turniriga saralaş bosqiçi A guruhi 7-turida Özbekiston terma jamoasi Toşkentda Qatar futbolçilariga qarşi bahs yuritadi. ÖFF sayti uşbu uçraşuv uçun prevyu tayyorlagan.

Mazkur öyin 28 mart, seşanba kuni Toşkent şahridagi 34 ming muxlisga möljallangan «Bunyodkor» stadionida bölib ötadi. Bellaşuv soat 18:00da boşlanadi.

Özaro uçraşuvlar

Özbekiston terma jamoasi Qatarga qarşi 12ta bellaşuvda iştirok etib, 7 marta ğalaba qozongan. 3 öyinda qatarliklar zafar quçgan va 2ta öyinda tomonlar murosa köçasini tanlagan. Qatar terma jamoasi Toşkentda 4 marta mehmon bölib, barçasida imkoniyatni boy bergan.

Jamoalar örtasidagi sönggi 5 uçraşuv natijasi:

06.09.2016
Qatar – Özbekiston 0:1 | JÇ–2018 saralaşi

06.10.2014
Qatar – Özbekiston 3:0 | Örtoqlik uçraşuvi

18.06.2013
Özbekiston – Qatar 5:1 | JÇ–2014 saralaşi

16.10.2012
Qatar – Özbekiston 0:1 | JÇ–2014 saralaşi

07.01.2011
Qatar – Özbekiston 0:2 | Osiyo Kubogi–2011 saralaşi

FIFA reytingidagi örni

Özbekiston milliy terma jamoasi ayni damda 561 oçko bilan FIFA reytingida 63-poğonada. Osiyo mamlakatlari orasida milliy terma jamoa Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya va Saudiya Arabistonidan keyin oltinçi örinda joylaşgan.

Qatar terma jamoasi 415 oçko bilan jahon reytingida 84-poğonada bormoqda. Osiyo mamlakatlari orasida esa Qatar yuqoridagi mamlakatlar va BAAdan keyin 8-örinda.