Buyuk britaniyalik olimlar "Tuxum oldin paydo bölganmi yoki tovuq?" degan azaliy bahsga nuqta qöyişdi. Ular buning uçun katta kölamdagi tadqiqot ötkazişdi. Bu haqda FAN axborot agentligi xabar bermoqda. 

Tadqiqotga köra, tuxum pöçoğini şakllantirişda asosiy rol öynovçi proteinlardan biri OS-17 tovuq organizmidan taşqarida işlab çiqarila olinmasligi aniqlandi. U faqatgina tovuq tuxumdonida işlab çiqarilar ekan. Olimlar bunday xulosaga HECToR kompyuteri yordamida amalga oşirilgan tadqiqot natijasida kelişdi. Uşbu texnologiya tovuq tuxumini şakllanişining barça bosqiçlarida batafsil örganiş imkonini berdi. 

Avvalroq biologlar OS-17 proteinining roli haqida heç narsa bilişmagan, biroq şunga öxşaş birikmalar boşqa quşlarning tuxumlari pöstloğini şakllantirişda yordam berişi ma'lum bölgan.

Şu tariqa, britaniyalik olimlar zamonaviy fandagi eng bahsli savollardan biriga javob topişdi: tovuq tuxumdan oldin paydo bölgan! Bungaça tuxum birinçi paydo bölgani ğoyasi tarafdorlari özlarining haqliklarini tuxum içida rivojlaniş tovuqlar paydo bölişidan ança oldin mavjud bölgani bilan tuşuntirib kelişgandi.

Bu orada Fransiyadagi Kyuri instituti olimlari itlarni kökrak bezi saratonini hidga köra bexato aniqlaşga örgatdilar. Ta'kidlanişiça, zararli ösimta paydo bölganda tana öziga xos hid tarqata boşlaydi va it şu hidga köra ösimta borligini aniqlay oladi.