Buyuk Britaniyaga AQŞdan yarim avtomat robot olib kelinişi haqidagi xabar haqli ravişda mahalliy işçilarning xavotiriga sabab böldi. Sem laqabli robot bir keça-kunduzda 3 ming ğiştni yotqiza oladi. Bu esa örtaça quruvçi imkoniyatidan 6 marta köp demakdir, deb yozadi Daily Mail naşri.
Britaniyalik quruvçilar esa, bu kabi yarim avtomat maşinalarning joriy qilinişi bilan iş örinlari qisqarişidan xavotir bildirişmoqda.
Robot konveyer tasmasi, qölda boşqargiç va beton nasosidan iborat. Maşinaga ikki kişi xizmat körsatadi. Ularning biri ğiştlarni joylab turadi, ikkinçisi aralaşmani tekislaydi.
U işga keçikib qolmaydi, tunu-kun tanaffussiz işlay oladi. Iş sifati tajribali ğişt teruvçinikidan qolişmaydi. Robot ikki yillar muqaddam Nyu Yorkning Construction Robotics kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan. Bu vaqtning içida AQŞning turli hududlarida yuzlab quruvçilarning örnini almaştirişga ulgurgan.











