Yamanda hukumat qöşinlarining "Ansorulloh" harakati jangarilari – husiylar va sobiq prezident Ali Abdulloh Salohning tarafdorlari bilan töqnaşuvlari Saudiya Arabistoni boşçiligidagi xalqaro koalitsiya operatsiyalariga qaramay töxtamayapti. Operatsiya 2015 yil 26 martdan beri olib borilmoqda.
Yamanda "Qat'iyat böroni" operatsiyasining 2-yilida minglab jangarilar yöq qilingan. Bundan taşqari, husiylar va Saloh tarafdorlari mamlakatning bir qator hududlari ustidan nazoratni qöldan çiqarişgan.
2015 yil iyuldagi operatsiya natijasida husiylardan Adan şahri va uning atrofidagi aholi punktlari, 2016 yilda esa kiçik, biroq strategik muhim şaharlar va hududlar ozod qilingan.
Yaman hukumat qöşinlari koalitsiya kuçlari yordamida Yaman hududining 80 foizini husiylardan ozod qilgan. Şu bilan birga mamlakat poytaxti Sano, Al-Xudaydo va boşqa bir qator port şaharlari husiylar va Saloh tarafdorlari nazorati ostida qolmoqda.
Ular Sanodan taşqari, Zamar, Ibb, Al-Maxvit, Rayma, Amran, Saudiya Arabistoni bilan çegaradoş Sad, Xadja va Beyda viloyatini nazorat qilişmoqda.
Yamanning qonuniy hukumati mamlakatni Saudiya Arabistonidan turib boşqargan. U 2015 yilda Adanga köçib ötgandan keyin, bu şahar Yamanning vaqtinçalik poytaxti deb e'lon qilingan. Hukumat Adanda bölgani bilan u Yaman xavfsizligini ta'minlay olmayapti va iqtisodiyotini nazorat qila olmayapti.
Ayni vaqtgaça hukumat qöşinlari va Xalq qarşiligi kuçlari 5 ming kişini yöqotgan. Şu vaqt içida 15 mingdan köproq husiylar va Saloh tarafdorlari yöq qilingan.












