Artel savdo belgisi ostida Özbekistonda işlab çiqarilayotgan yirik maişiy texnika maxsulotlarining kafolat şartlari özgardi.
Har bir işlab çiqaruvçi kompaniya rivojlaniş jarayonida iste'molçi va işlab çiqaruvçi örtasida uzoq muddatli va özaro yuqori darajadagi işonçli munosabatlarni barpo etiş muhimligini his etib boradi. Uşbu munosabatlar negizida ham iste'molçining, ham işlab çiqaruvçining mahsulot sifatiga bölgan işonçi turadi. Şu boisdan Artel kompaniyasining yirik maişiy texnikalari uçun töliq kafolat muddati endilikda mahsulot xarid qilinganidan söng 3 yilgaça amal qiladi. 

Bundan avval, Artel savdo belgisi ostida işlab çiqarilgan yirik maişiy texnikalarga kafolat muddati, 1 yillik töliq kafolat va 2 yillik servis xizmatidan iborat edi. Bir yillik töliq kafolat şundan iboratki, bu muddat mobaynida ta'mirlaş, ehtiyot qismlarini bepul almaştiriş va mutaxassis xizmati bepul bölişi kafolatlanardi. Keyingi ikki yil içida esa işlab çiqaruvçi xarid qilingan texnika uçun bepul servis xizmatini taqdim etgan, bunda ehtiyot qismlari uçun xaridor alohida haq tölagan. 

Endi esa, Artel maişiy texnikasini xarid qilgan xaridor, (töğri foydalaniş şarti bilan) uç yil mobaynida servis markazidagi ta'mirlaş, servis xizmatini körsatiş, ehtiyot qismlarini almaştiriş böyiça xarajatlarni Artel kompaniyasi öz zimmasiga oladi. 

Bunday özgarişlar, şubhasiz, Artel yirik maişiy texnikasi xaridorlari uçun hamda işlab çiqaruvçining özi uçun ijobiy holatdir. Töliq kafolat uzaytirgan işlab çiqaruvçi öz mahsulotining sifatiga işonçini namoyiş etadi va bu işonçni iste'molçiga ham taqdim etadi. Mijozlar esa, kafolat şartlarining yaxşilanişi bilan mahsulot bilan birga qöşimça foydaga ega bölişadi.
Quyidagi özgarişlar 2016 yilda işlab çiqarilgan yirik maişiy texnikalarga ham amal qiladi.

Reklama huquqi asosida.