Tvitter foydalanuvçisi Samarqand şahri yöllarida tramvay harakati boşlangani aks etgan suratni namoyiş etdi.

Mart oyi boşida «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik kompaniyasi xodimlari va respublikaning turli hududlaridan Samarqandga kelgan mutaxassislar samarqandlik hamkasblari bilan birgalikda şahar köçalarini birinçi tramvaylar harakati uçun tayyorlanayotgani, tramvay harakatini yölga qöyiş uçun 34 kilometrlik mis kabel ötkazilişi ma'lum qilingandi.
Şaharda tramvay yöli quriş işlari 2 bosqiçda olib borilişi belgilangan. Ötgan yil noyabrida boşlangan birinçi bosqiçda şahar temiryöl vokzalidan Sartepa mavzesigaça 6,4 kilometrlik bölak qurilişi belgilangandi. Bu yölda ikkita aylanma yöl, elektr tokini moslab beruvçi törtta podstansiya va bitta depo bölişi közda tutilgan.
Keyinçalik quriliş işlari temiryöl vokzalidan Siyob bozoriga qadar davom ettiriladi. Mazkur yönaliş uzunligi 5 kilometrni taşkil etadi.
Ikkinçi bosqiçda vokzaldan Spitamen köçasi böylab Superfosfat zavodiga qadar davom etadigan 12,4 kilometrlik tramvay yöli quriladi. Vokzal va zavodni yana bir — Narpay köçasidan ötadigan 11 kilometr yöl orqali ham boğlaş rejalaştirilgan.
Samarqanddagi tramvaylar: juda köp muammolarni keltirib çiqargan loyiha











