100 yoşlik amerikalik pensionerga bir kunga avvalgi işida işlab körişga ijozat berildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.  

Nyu-Jyersi ştatida yaşovçi qariya Bill Xansen uç yil avval quvurlar yotqaziş hamda sovitiş va isitiş tizimlarini örnatiş bilan şuğullanuvçi Hutchinson Plumbing, Heating and Cooling kompaniyasidan pensiyaga ketgandi. Pensiyada qariya işsiz ötirişni ölgudek yomon körişini anglagan. 32 yil davomida qurilişga ruxsatlarni olişni boşqariş bilan şuğullangan qariya yana özining avvalgi iş joyini körişni orzu qilib yurgan.

Xansen 100 yoşga tölganda u işlagan kompaniya rahbari Fred Xatçinson uning orzusini röyobga çiqardi. Tabarruk yoşga kirgan qariya kompaniyaga taklif qilindi, direktor esa unga butun kun qiladigan topşiriqlari röyxatini tuzib berdi. Qariyaning sobiq hamkasblari uni 100 yoşi bilan tabriklab, unga tort tortiq qilişdi. Xansen uşbu işi uçun 1 dollar miqdorida ramziy maoş oldi. 

100 yoşli qariya unga hayotida omad kulib boqqan, deb hisoblamoqda. "Menda heç qaçon men   ertalablari borişni istamaydigan iş bölmagan", deb aytdi qariya.