Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov 29 mart kuni Fransiyaga rasmiy taşrifi doirasida Parij şahrida MEDEF International boş direktori Filipp Gote bilan uçraşdi. Bu haqda Özbekiston TIV xabar berdi.
MEDEF International hozirgi kunda 750 mingdan ziyod fransuz kompaniya va firmalarini birlaştirib turgan fransuz korxonalari harakati MEDEF’ning xalqaro bölinmasi hisoblanadi.
Suhbat çoğida savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda Özbekiston—Fransiya hamkorligini yanada mustahkamlaş istiqbollari borasida fikr almaşildi.
Muzokaralar davomida Fransiya tadbirkorlarining Özbekistondagi şeriklar bilan hamkorlikni kengaytirişiga, jumladan, Özbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan keng miqyosli 2017—2021 yillarda mamlakatni rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini amalga oşirişda özaro manfaatli asosda iştirok etişiga qiziqiş bildirildi.
Şu mazmunda uçraşuvda MEDEF International yetakçiligida Fransiya biznes doiralari nufuzli delegatsiyasining Özbekistonga taşrifini taşkil etiş hamda Toşkent şahrida qöşma biznes-forum ötkaziş masalalarining amaliy jihatlari muhokama qilindi.












