Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng og‘ir odam operatsiya qilinishga tayyorlanmoqda

6 yildan beri semizligi tufayli to‘shakka mixlanib qolgan, dunyodagi eng semiz odam deb e'tirof etiluvchi 32 yoshli meksikalik Xuan Pedro Frankoning azoblari tugashi mumkin. Akvaskaliyentes shahrida yashovchi Xuanning o‘zi uning oshqozonida o‘tkaziladigan shuntlash operatsiyasi juda bo‘lmasa unga uyidan chiqishga va ozmi-ko‘pmi normal hayot kechirishga imkon berishiga umid qilmoqda.
Oxirgi 6 yil Xuan ba'zida 595 kilogrammgacha yetgan ulkan vazni sababli to‘shakdan tura olmagan. Operatsiya 9 may kuniga belgilangan. Shifokorlar bu operatsiya evaziga Xuan juda bo‘lmasa yarim vaznini tashlashiga umid qilishmoqda. Xuan operatsiyadan oldin ozishi kerakligi sababli 3 oyga parhezga o‘tqazildi.
U hozirda Gvadalaxaradagi ozish uchun mo‘ljallangan maxsus klinikada qolmoqda. U bu yerga o‘tgan yil noyabrida maxsus furgonda olib kelingan. Uning klinikaga kelgandagi vazni 590 kg ni tashkil qilgan. Xuan operatsiyagacha 175 kg ga ozishi kerak edi.
"U deyarli vaznining uchdan birini tashladi va operatsiyaga deyarli tayyor", deb aytdi jarroh Xose Antonio Kruz.
Shifokor operatsiyaga katta umid bilan qaramoqda, biroq ba'zi asoratlar bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti. Uning aytishicha, birinchi jarrohlik aralashuvidan keyin yana bitta operatsiya o‘tkazish talab qilinadi.
Xuan Franko o‘ziga o‘xshash semiz odamlarni muqarrar o‘limni kutib o‘tirmay, uyat va qo‘rquvni bir chetga surib, shifokorlarga murojaat qilishni tavsiya qilmoqda. Xuan davolangach, raqs tushish, qo‘shiq kuylash va mashina haydash kabi azaliy orzulari ro‘yobga chiqishiga ishonmoqda.
Xuan yoshligidan shunaqa semiz bo‘lgan. U 6 yoshida 60 kg kelgan, 17 yoshida esa vazni 220 kg ni tashkil qilgan. Uning jadal semirishiga avtofalokat sabab bo‘lgan, u falokat oqibatida bir yildan ko‘proq to‘shakka yotib qolgan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

21:45 / 15.07.2025
Germaniyalik yigit operatsiyalar yordamida oyoqlarini 24 santimetrga uzaytirdi

12:07 / 12.07.2025
Jigar kasalliklarini operatsiyasiz davolash usuli topildi

18:29 / 08.07.2025
Meksikada tonnalab oltin va kumush ortilgan yuk mashinasi o‘g‘irlandi

18:43 / 10.06.2025