Xitoy may oyi örtasida yonğinlarni öçirişga möljallangan, dunyodagi eng katta amfibiya samolyot AG600’ni sinovdan ötkazmoqçi. Bu haqda 30 mart kuni Xitoy xalqaro radiosi ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, samolyotning quruqlik ustidagi birinçi sinovi may oyida bölib ötişi kerak. Uning suv ustidagi ilk parvozi 2017 yilning ikkinçi qismiga rejalaştirilgan. Samolyotning barça 4 ta dvigatelining bir vaqtda işlaşi 13 fevralda sinovdan ötkazib bölingan.
Xitoy aviasozlik korporatsiyasi tomondan yaratilgan gidrosamolyot fuqarolik aviatsiyasi ehtiyojlariga möljallangan. U örmon yonğinlariga qarşi kuraşiş va qutqaruv operatsiyalarini ötkaziş uçun maxsus loyihalangan.
Samolyotning maksimal parvoz oğirligi 53,5 tonnani taşkil qiladi. U 500 km/soat tezlik bilan 4,5 ming km gaça uça oladi va osmonda 12 soatgaça böla oladi. Samolyotning uzunligi 37 metrni, qanotlari quloçi 38,8 metrni taşkil qiladi.
Samolyot oddiy aerodrom va suvdan havoga kötarila oladi. Uning uçiş-qönişi uçun eni 200 metrlik, uzunligi 1,5 km lik uçiş-qöniş polosasi kifoya qiladi. Samolyot 20 soniya içida 12 tonna suv yiğa oladi.












