Isroil hukumati BMTning yahudiylar davlatiga qarşi tanqidiy siyosatiga norozilik sifatida taşkilot byudjyetiga tölovlarni 2 mln dollarga qisqartiradi. 

Boş vazir vakili va TIV e'lon qilgan qarorga BMTning inson huquqlari böyiça kengaşi qabul qilgan hujjatlar asos bölgan. 

"BMT IHK Isroilga qarşi rezolyutsiyalarni qabul qilganidan söng, Isroil taşkilotga tölaydigan tölovlaridan 2 mln dollar kamaytiradi", — deb yozgan hukumat matbuot kotibi Ofir Gendelman Twitter sahifasida. 

Tejab qolingan mablağlar, uning sözlariga köra, "rivojlanayotgan döstona mamlakatlar"ga taqdim etiladi.

Umuman, Isroil BMTga har yili 11 mln dollar a'zolik badali tölaydi. 

27 mart kuni BMTning inson huquqlari böyiça kengaşining 34-sessiyasida Falastin hududlaridagi vaziyat muhokama qilindi. Taşkilotning Falastin hududlaridagi inson huquqlari böyiça maxsus vakili Maykl Link tomonidan taqdim etilgan hisobotda ta'kidlanişiça, "noqonuniy qörğonlar barpo etiş yil boşidan beri xavfli ravişda olğa siljigan".

Uning sözlariga köra, jismoniy şaxslarga tegişli Falastin hududlarini musodara qilişga qonuniy tus beradigan Isroil qonuni "Isroilni xalqaro huquq me'yorlariga mos kelişdan çetga çiqaradi".

Sessiyada manfaatdor tomon sifatida iştirok etişi kutilgan Isroil kengaşni boykot qilgan, Falastin tomoni majlisda qatnaşgan.