KXDR yetakçisi Kim Çen Inning katta akasi Kim Çen Namning jasadi Şimoliy Koreyaga uning qarindoşlari murojaatiga muvofiq topşiriladi. Bu haqda Malayziya boş vaziri Najib Razzoq ma'lum qildi.
"Jasadni yorib köriş jarayoni yakunlangani va qarindoşlardan tegişli yozma murojaat kelib tuşgani tufayli biz jasadni Şimoliy Koreyaga yuboramiz", - deya ta'kidlab ötdi Razzoq. Uning xabar berişiça, Malayziyaning Pxenyandagi elçixonasi töqqiz xodimi endilikda vatanlariga qaytişi mumkin.
Bunga javob harakati tariqasida KXRDning Kim Çen Nam ölimida gumonlanayotgan ikki fuqarosiga Malayziya poytaxtini tark etişga ruxsat berildi. Malayziya OAV xabariga köra, ular payşanba kuni Pekinga uçib ketişgan. Aynan şu samolyot orqali Xitoy poytaxtiga Kim Çen Namning jasadi keyinçalik Pxenyanga topşiriş uçun yetkaziladi.
Şuningdek Najib Razzoqning ta'kidlaşiça, KXDR bilan munosabatlardagi diplomatik mojaro yakunlangan.

















