Şavkat Mirziyoyev 2016 yil 24 noyabr kuni Toşkent şahri saylovçilari bilan uçraşuvida 2017 yilda poytaxtimizda yangi madaniyat va istirohat boğlari barpo etilişini ta'kidlagan edi, deb yozadi ÖzA.
– Bugungi kunda bu borada jadal işlar olib borilmoqda, – deydi Toşkent şahar hokimining birinçi örinbosari Nozim Husanov. – Boğlarning har biri öziga xos köriniş va yönalişga ega böladi.
Husanovning sözlariga köra, Şayxontohur tumani Beltepa köçasida köp funksional bolalar istirohat boği, Uçtepa tumanida Foziltepa va Farhod köçalari kesişgan joyda Osiyo botanika boği şaklidagi köngiloçar park, Çilonzor tumani Bunyodkor köçasida soğlomlaştiriş akvaparki, Mirzo Uluğbek tumanida Hamid Olimjon va Mahatma Gandi köçalari çorrahasida estetik istirohat boği, Mirobod tumanida Nukus va Oybek köçalari kesişuvida salomatlik va sport boği, Sergeli tumani Döstlik mavzesida multimediyaviy favvorali madaniyat va istirohat boği taşkil etiladi.
Bu parklarning jami yer maydoni 45 gektarga yetadi. Ularga 110 attraksion örnatiladi.











