Toşkent şahrida Şanhay hamkorlik taşkiloti mintaqaviy terrorçilikka qarşi tuzilmasi Kengaşining öttizinçi yiğilişi payşanba kuni bölib ötadi. Unda ekstremistik yönalişdagi diniy oqimlar faoliyatiga qarşi kuraşiş böyiça qöşma çoralar muhokama qilinadi.
"ŞHT a'zo-davlatlari tegişli idoralarining ekstremistik yönalişdagi diniy oqimlar faoliyati tufayli kelib çiquvçi çaqiriq va xavflarga qarşi harakat qiliş böyiça qöşma çoralar haqida kelişib oliş taklif etilmoqda", - deya xabar berişdi ŞHT MTQTda jurnalistlarga.
Kun tartibida şuningdek ŞHT davlatlarining terrorizm, separatizm va ekstremizm bilan kuraş böyiça hamkorligining huquqiy asosini taşkil etiş masalalari ham bor.
Yiğilişda Qozoğiston, Xitoy, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston va Özbekiston vakillari iştirok etadi.
Ma'lumot uçun, 2001 yilda taşkil etilgan ŞHTga Xitoy, Özbekiston, Rossiya, Qozoğiston, Tojikiston va Qirğiziston kiradi. 2016 yilning iyunidagi Toşkent sammitida taşkilotga Hindiston va Pokistonning qabul qilinişi haqida memorandumlar imzolandi. Ayni damda Afğoniston, Belarus, Eron va Möğuliston ŞHT kuzatuvçi-davlatlari sanalsa, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya va Şri-Lanka – şerik-mamlakatlar hisoblanadi. Şanhay hamkorlik taşkilotining mintaqaviy terrorçilikka qarşi kuraş tuzilmasi 2004 yilda taşkil etilgan bölib, qarorgohi Toşkent şahridadir.












