Fan-texnika | 17:52 / 30.03.2017
5517
2 daqiqa o‘qiladi

Toyota 2,9 millionta mashinani qaytarib olishi haqida ma'lum qildi

Foto: motor.ru

Toyota kompaniyasi navbatdagi bora avtomobillarni qaytarib olish haqida ma'lum qildi. Bu holat Takata firmasiga tegishli xavfsizlik yostiqchalari sabab ro‘y beradi. Bu safar kompaniya Yaponiya, Xitoy, Yevropa va boshqa mintaqalardan 2,9 mln. avtomobillarni qaytarib oladi.

Ma'lum bo‘lishicha, servisga RAV4 yo‘ltanlamaslari va Corolla Axio sedanlari yuboriladi. Muammo xavfsizlik yostiqchalaridagi inflyatorlarga bog‘liq bo‘lib, ulardagi kimyoviy aralashma avtomobil iliq va namli iqlimda haydalsa, yostiqchalarning portlashiga olib kelishi mumkin.

O‘tgan yili «Toyota» Takata qurilmalari tufayli AQShda 1,6 million mashinalarni servisga yuborgandi. Yo‘lovchi tomonidan o‘rnatilgan xavfsizlik yostiqchalari gaz to‘ldirish blokidagi xatoga ega bo‘lib, shuning oqibatida yostiqchalar haddan tashqari kuchli ravishda ishlab ketishi yoki aksincha tezlik bilan ishlamasligi mumkin edi.

«Toyota» shu sababli AQShdan hammasi bo‘lib 4,73 million mashinalarni qaytarib oldi.

Avvalroq, 2017 yilda Yaponiyaning Takata kompaniyasi Detroytdagi sud eshituvlarida atayin xatosi bo‘lgan xavfsizlik yostiqchalari chiqarganini tan olgandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunga kelib kamchiligi bo‘lgan yostiqchalar 16 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid