Rossiya mehnat vazirligida Rossiya mehnat va ijtimoiy muhofaza vaziri Maksim Topilin va Özbekiston mehnat vaziri Aziz Abduhakimov örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuv davomida vazirlar hamda Rossiya ijtimoiy suğurta jamğarmasi raisi Andrey Kigim Rossiya va Özbekiston tomondan 1994 yil 9 sentabrda qabul qilingan "Işçilarning mehnat majburiyatlarini bajariş bilan boğliq jarohat olişi, kasb kasalligi yoki soğliğiga boşqaça jarohatlaniş bilan ziyon yetgani uçun tovon puli oliş huquqlarining özaro tan olinişi haqidagi kelişuv"ning bajarilişini monitoring qiliş tartibini imzoladilar.
Monitoring kelişuvning 2- va 3-moddalariga muvofiq suğurta ta'minoti (ziyonni qoplaş uçun tölov) oluvçi hisoblanuvçi hamda Rossiya va Özbekiston hududlarida doimiy yaşovçi şaxslarga nisbatan ötkaziladi.
Rossiya mehnat vazirining aytişiça, monitoring ötkazilişi jabrlanganlarga tölovlarni öz vaqtida tölaşni ta'minlaşga imkon beradi.
Yuqoridagi kelişuv işçiga mehnatda mayib böliş yoki soğliğiga jarohat yetişi (jumladan, işçining boşqa tomon hududiga köçib ötişidan keyin mehnat majburiyatlarini bajariş bilan boğliq işlab çiqarişda baxtsiz hodisa tufayli mehnat qobiliyatining yöqolişi boşlanişi), vafoti orqali zarar yetişining qoplanişi tomonning iş beruvçisi tomondan amalga oşirilişini közda tutadi.
Işçiga zarar yetişiga mas'ul iş beruvçi özining milliy qonunçiliga köra tovon puli tölaydi.
Kasb kasalligiga uçragan işçi bir neçta tomon hududida kasb kasalligini keltirib çiqarişi mumkin bölgan şaroitlar va sohalarda işlagan holatlarda ziyon körsatilgan iş oxirgi marta bajarilgan tomon iş beruvçisi tomondan qoplanadi.
Vazirlar şuningdek Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun Özbekiston fuqarolarining tartibli jalb qilinişi haqidagi hukumatlararo kelişuv loyihasini muhokama qildilar. Loyiha bilan ijtiomiy suğurta va mehnat munosabatlari masalalari tartibga solinadi.
Tomonlar ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida hamkorlikni davom ettirişga kelişib oldilar. Aziz Abduhakimov quyidagi yönalişlar: mehnat migratsiyasi, ijtimoiy suğurtalaş, mehnat muhofazasi, mehnat qonunçiligiga amal qilinişini nazorat qiliş, ijtimoiy-mehnat sohasida axborot tizimlarini yaratiş hamda Xalqaro mehnat taşkiloti konvensiyalari qoidalarining amalga oşirilişi böyiça tajriba almaşişga qiziqiş bildirdi.












