Livan prezidenti, bu yil 82 yoşga tölgan Mişel Aun Arab davlatlari ligasi sammiti doirasida suratga tuşiş marosimi vaqtida yiqilib tuşdi. Bu holat videosi "Al-Arabiya" telekanalida namoyiş etilgan.

Töğridan-töğri translyatsiya kadrida köriş mumkinki, siyosatçilar esdalik uçun suratga tuşişga tayyorgarlik körayotgan mahalda Livan prezidenti birdaniga yuztuban yiqilgan. Şundan söng rejissyor darhol planni özgartirgan. 1 daqiqa ötib, prezident örnidan kötarilgan mahalda translyatsiya davom ettirilgan. Bu vaqtda Mişel Aun öz hamkasblari davrasida jilmayib turişini köriş mumkin.

Bu voqeadan 2 soat ötib siyosatçi Livan nomidan çiqiş qilgan.

Arab davlatlari ligasining 28-sammiti Iordaniyada 18 davlat vakillari iştirokida ötkazilmoqda. Sammit avvaliga Yamanda ötkazilişi belgilangandi, ammo mamlakatdagi notinç vaziyat bunga yöl bermadi.

Liga mintaqadagi 21 davlat hamda Falastin ozodlik harakatini birlaştiradi, boş qarorgohi - Misr poytaxti Qohira şahrida.