Volkswagen AQŞ atrof-muhitni muhofaza qiliş agentligining 2015 yildagi dizelli avtomobillar modellarini, çiqarib taşlaniş darajasi böyiça dasturiy ta'minot yangilanganidan söng, sotişga ruxsatini oldi. Bu haqda VW Group of America matbuot kotibi Jannin Jinivan ma'lum qildi.
EPA nafaqat DT özgarişini talab qildi, balki dvigatelga ham öz e'tirozini bildirdi – kompaniya vakili sözlariga köra, bunga talab etilayotgan komponentlar keyingi yil boşidagina kelişi kerak. Biroq, dilerlarga kutiş kerak bölmaydi: Jinivan sözlariga qaraganda, kompaniya tegişli dasturni işlab çiqmoqda.
Ruxsat 2015 yilgi avtomobil modellarining 67 mingtasini qamrab oladi, ulardan 12 tasi dilerlardadir.
Volkswagen’dan xabar berişlariça, dizelli avtomobillarning yangi modellari amerikalik xaridorlarga taklif etilmaydi. Kompaniya elektrokarlar bozorida kuçli pozitsiyani egallaş harakatida, şuning dizelli avtomobillarni yetkazib beriş qisqaradi.
Volkswagen ekologik testlardan ötişda firibgarlik sxemalaridan foydalangani haqidagi ma'lumotlar 2015 yilning kuzida paydo bölgandi.
«Dizel mojarosi» butun dunyo böylab 11 mln. avtomobilni öz domiga tortdi. Kompaniyada esa rahbariyatning deyarli barça a'zosi işdan ketdi.












