Janubiy Koreya sudi 30 mart kuni prokuraturaning mamlakat sobiq prezidenti Pak Kin Xeni hibsga olişga order beriş töğrisidagi sörovini körib çiqmoqda. Yonhap agentligi xabariga köra, uşbu sörov bugun kun oxirigaça yoki 1 aprel kunining birinçi yarmida qondirilişi mumkin.
Pak Kin Xe sud binosiga mahalliy vaqt bilan soat 10:20da (Toşkent vaqti bilan soat 06:20) kelgan. Janubiy Koreya televideniyesi sobiq prezident bir guruh kişilar hamrohligida jurnalistlar orasidan ötib, savollarga javob qaytarmagan holda yurib borgani tasvirlangan kadrlarni namoyiş qilgan.
Koreya Respublikasi prokuraturasi tegişli sörovni 27 mart kuni sudga yuborgandi. Şu tariqa, sud tergov tomonidan sobiq prezidentga qarşi ilgari surilgan ayblovlarni qabul qilgandi.
Sobiq davlat rahbari 13 iş böyiça ayblanmoqda. Ularning asosiysi poraxörlik va mansab vakolatlarini suiiste'mol qiliş hisoblanadi.
Agar ayblar isbotlansa, unga 10 yilgaça qamoq jazosi tahdid soladi.
Pak Kin Xe söroq vaqtida barça ayblovlarni rad etgan.
Ma'lumot uçun. Pak Kin Xe 2016 yilning oktabrida matbuot uning dugonasi Çxve Sun Silning firibgarliklarini yozib çiqqanida mojarolar markazida qoldi. Tekşiruvlar şuni körsatdiki, bir neça yil davomida Çxve Sun Sil davlat boşqaruvi işlariga aralaşib kelgan va siyosiy qarorlar qabul qilinişiga ta'sir ötkazgan. Pak Kin Xening dugonasi bir qator kompaniyalar, jumladan Samsung kompaniyasiga bosim ötkazgan, u şu maqsadda öz nazoratidagi fondga kompaniyalardan jami 70 million dollarga yaqin mablağ undirgan. Janubiy Koreya muxolifati sobiq prezident Çxve Sun Sil işlaridan boxabar bölganini bildirdi.
Ötgan yilning dekabrida Janubiy Koreya parlamenti prezident impiçmenti uçun ovoz berdi, şu yilning 10 martida esa bu qaror Konstitutsion sud tomonidan tasdiqlandi.












