AQŞning Atlanta şahrida I-85 avtmagistralining bir qismi qulab tuşdi. Voqea yöl ötkazgiç ostida kuçli yonğin yuz bergandan keyin yuz bergan. Bu haqda Fox5 telekanali xabar bermoqda.
Qutqaruvçilarning fikriça, magistral ostida plastmassa quvurlar yonib ketgan. Söngra olov köprikka ötgan va şundan keyin yölning katta qismi qulab tuşgan. Mutaxassislar yonğin tufayli magistral konstruksiyasi erib ketişidan xavotir bildirişmoqda.
Voqea oqibatida heç kim jabrlanmagan. Öt öçiruvçilar yonğinni bostirişga urinmoqdalar.
















