Noma'lum ğarazgöy xakerlar Fransiya prezidenti Fransua Ollandning rasmiy Facebook sahifasini buzib, unda «iste'foga çiqişi munosabati bilan ötkaziladigan keça»ga taklifonomani joylaştirişdi. Bu haqda BFM TV xabar qilmoqda.

E'longa muvofiq, tantanali keça 7 may kuni Yelisey saroyida bölib ötişi kerak. E'lon bir soatga yaqin turganidan söng, olib taşlandi. Şunga qaramay, foydalanuvçilar e'lonning skrinşotlarini köpaytirib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatişga ulgurişdi. 

Fransiya prezidenti ma'muriyati, hozirça, voqeani izohlaganiça yöq. Telekanalning ta'kidlaşiça, bu kabi holat 2011 yilda ham kuzatilgan, öşanda Nikolya Sarkozi jabrdiydaga aylangan edi.