OAV: Bombardier rahbariyati Kanada hukumatidan qarz olib, o‘ziga ko‘p millionli mukofot to‘ladi

Kanadaning Bombardier Inc mashina qurish firmasi oliy menejmenti kompaniya katta miqdorda zarar ko‘rayotganiga qaramay, o‘ziga ko‘p millionli mukofot pullarini to‘ladi. Bu haqda CBC telekanali xabar berdi.
2016 yil yakunlari bo‘yicha Bombardier besh nafar top-menejyeri 32,6 million dollarni mukofot tariqasida olgan.
Shu bilan birga, Bombardier bir necha yildan beri faqat zarar ko‘rmoqda. 2015 yilning oxirida Kvebek viloyati hukumati ishlab chiqaruvchini saqlab qolish uchun unga 1 mlrd dollar sarmoya kiritish haqida qaror qabul qildi.
2017 yil boshida esa federal hukumat Bombardier’ga yana 372,7 mln Kanada dollarini (282,9 mln AQSh dollari) ajratishi haqida ma'lum qildi. Ko‘rsatilgan mablag‘lar to‘rt yil davomida qoplanishi kerak bo‘lgan qarzlarni yopish uchun o‘tkazib beriladi.
Kompaniya rahbariyati esa qo‘shimcha moliyalashtirishga qaramay, so‘nggi ikki yilda 14,5 ming kishini ishdan bo‘shatish haqida qaror qabul qildi.
Ma'lumot uchun, Bombardier mashinalar qurish kompaniyasi yo‘lovchi poyezdlari ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik korxona sanaladi, shuningdek u fuqarolik samolyotlari qurish bo‘yicha uchinchi o‘rinda.
Mavzuga oid

21:56 / 29.05.2025
Kanadada o‘rmon yong‘inlari minglab gektar maydonni egalladi

12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi

18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi

20:02 / 24.05.2025